GEMOFILIYA JAMIYATI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA
GEMOFILIYA JAMIYATI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

2019 yilning 25 iyul kuni Jahon gemofiliya federatsiyasining gumanitar bo'limi xodimlari Respublika Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutining Gemofiliya va qon hosil bo`lishi depressiyasi bo'limida audit o'tkazdilar. Audit o`tkazish davomida WFH mutaxassislari mahalliy bemorlarga gumanitar yordam sifatida yuborilgan dori-darmonlarni saqlash va tarqatish sharoitlarini tekshirib ko'rdilar.


2019 yil 26 va 27 iyul kunlari Toshkentda Jahon Gemofiliya Federatsiyasining Gumanitar bo'limining konferentsiyasi bo'lib o'tdi. Tadbirda WFH tomonidan gumanitar yordam dasturi doirasida rivojlanayotgan mamlakatlarga yuborilgan dori vositalaridan foydalanish to'g'risida hisobot berish masalasi muhokama qilindi. Gemofiliya va fon Villebrand kasalligining ingibitor shakli bo'lgan bemorlarni davolash masalasi ham muhokama qilindi.