O'zbekiston Respublikasida tug'ma koagulopatiyalarni davolashning asosiy markazi Respublika Gematologiya Ilmiy-Amaliy Tibbiyot markazining (RIGIATM) Gemofiliya va qon hosil bo`lishi Depressiyasi bo'limi hisoblanadi.
2021 yil 1-sentabrdan boshlab, tug'ma koagulopatiyalarga chalingan bolalarni, yangi Respublika Bolalar Gematologiya, Onkologiya va Klinik Immunologiya markazida davolash boshlaydilar. Ushbu markaz RIGIATM yonida ishga tushadi.
Manzil: Toshkent shahri, Katta Chilonzor-2 mahallasi, Arnosoy ko'chasi (mo`ljal: Toshkent shahar Narkologiya dispanseri, Chilonzor metro bekatidan yoki Mahalliy aeroportidan 77-chi avtobusda kelish mumkin).
Telefonlar: vaqtincha telefonlar ishlamaydi
Koordinatalar: 41.278160, 69.226137
Viloyat va chekka hududlarda yashaydigan gemofiliya bilan og`rigan bemorlar qayerda davolanadi?
O'zbekistonning barcha viloyat kasalxonalari tarkibida.gematologiya bo'limlari tashkil etilgan. Ularning shtat birligida kattalar va bolalar gematologlari mavjud. Barcha tibbiyot xodimlari gemofiliyani davolash bo'yicha malaka oshirib turishadi.