GEMOFILIYA JAMIYATI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA
GEMOFILIYA JAMIYATI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

Og'ir kasalligi mavjud bo`lgan bolalar bilan shug'ullanadigan har bir kishi biladiki, yozgi oromgohlar ma'muriyati, odatda, bunday dam oluvchilarni qabul qilishni qat'iyan rad etishadi. Biroq, mazkur yilda West Kamp bolalar oromgohi 8 nafar farzandlarimizni to'liq smenada qabul qilishga mamnuniyatlik bilan rozi bo'lib, ularning maza qilib dam olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratishdi.

Farzandlarimiz oromgoh hayotida faol ishtirok etdilar, dam olishdi, quyosh nurlarida chiniqishdi, xar xil sport turlari bo'yicha musobaqalarda qatnashishdi va quvnoq dam olishdi. Toshkent Gemofiliya Jamiyati nomidan biz West Kamp ma'muriyati va bizga yordam bergan barchaga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Katta rahmat!