GEMOFILIYA
JAMIYATI    

   O'ZBEKISTON
RESPUBLIKASIDA

Uy sharoitida davolanish - bu kasalxonadan tashqarida qon ivishi omilini (faktorini) qonga yuborish (inyeksiya). Gemofiliya bilan og'rigan bemor uyda, maktabda, ishda va boshqa joylarda inyeksiya qilishi mumkin. Uy sharoitida davolanganda gemofiliya kasalligi bo'lgan bemor va uning oila a'zolari o'z sog'lig'i uchun javobgarlikni davolovchi shifokor bilan bo'lishadilar. Uy sharoitida davolanish klinik davolanish o`rnini bosa olmaydi.


Eslatma

Kasalxonadan tashqarida qilingan barcha inyeksiyalar davolanish kundaligida qayd etilishi kerak. Ushbu kundalikka ishlatilgan omil (faktor) dori vositasining idishidagi etiketkalarni yopishtirish, davolanish sanasi va sababini yozib qo'yish kerak.



Venopunksiya nima degani?

Venopunksiya - bu ignani tomir ichiga yuborish. Dorilarni qabul qilishda yoki qonni tahlil uchun olishda Venopunksiya amalga oshiriladi. Inyeksiya uchun siz ko'zga ko'rinadigan yoki paypaslanadigan har qanday tomirni ishlatishingiz mumkin. Qo`l tirsagi bukilishining ichki qismi va qo`lning tashqi qismidagi tomirlarini ishlatish venopunksiya uchun eng qulay hisoblanaadi.


Koagulopatiya bilan og'rigan bemorlarda bo'yin va tos bo'shlig'iga inyeksiya qilinganda ushbu joydan kuchli qon ketishi kuzatiladi, shuning uchun ushbu tomirlarga inyeksiya qilish mumkin emas!



Inyeksiya qilish joylari

Venopunksiyani qanday amalga oshirish kerak?

Har qanday materiallar bilan ishlashdan oldin qo'lingizni sovun bilan yaxshilab yuvib tashlang. Ish yuzasini dezinfektsiyalash vositasi bilan artib oling. Bir chimdik oqartirish moddasining ikki stakan suvda eritilgan eritmasi – bu yaxshi vosita hisoblanadi. Sizning qo'lingizda hamma kerakli narsalar borligiga ishonch hosil qiling – kerakli omil (faktor) konsentrati, erituvchi (inyeksiya uchun suv), kapalak ignasi, shprits, bint, spirtli paxta yoki tozalovchi salfetka, tugmachani bosganda ochilishi mumkin bo'lgan jgut, ishlatilgan o'tkir narsalar uchun quti (lotok).



Infektsiya tushishini qanday oldini olish mumkin?

  • Tibbiy asbob-uskunalarni ishlatishda ehtiyot bo'ling. Uni va qo'llaringizni toza tuting. Yordamchilar qo'llarini yuvishlari kerak va har bir kishi qo'lqoplardan foydalanishi tavsiya etiladi.
  • Inyeksiya qilishdan oldin va keyin ignalarning uchlariga, idishlarning bo'yinlariga, shpritslarning chetlariga yoki o'tkir narsalarga qo'llaringiz bilan tegmang.
  • Keyingi inyeksiya uchun ishlatilgan omil (faktor) kontsentratlarini saqlamang.
  • Ishlatilgan ignalar va shpritslarni ishlatilgan narsalar lotogiga qo'ying.
  • To'kilgan suyuqliklarni quruq latta bilan arting, so'ngra sirtini dezinfektsiya qiling.
  • Ishlatilgan narsalarni yo'q qilish uchun faqat qattiq idishlardan foydalaning. Hech qachon ularni ochiq axlatxonalarga tashlamang, agar yaqin joyda konteyner bo'lmasa, ishlatilgan ignalar va shpritslarni metall chelakka soliq yoqib yuboring.

Qanday qilib inyeksiya qilish kerak?

  1. Qo'llaringiz toza ekanligiga ishonch hosil qiling, ko'rsatmalarga amal qilgan holda faktorni suyultirib, eritmani shpritsga soling va kapalak ignasini ulang. Ignadan bir tomchi eritma paydo bo'lguncha porshenni yengil bosing. Ogoh bo`ling: Shpritsda havo yoki ko'pik qolmasligi kerak (oz miqdordagi mayda pufakchalarga ruxsat beriladi, ammo bu maqsadga muvofiq bo`lmaydi).
  2. Hamma narsa tayyor bo'lgandan so'ng, jgut bilan qo'lingizni o`rang va tortib siqing. Jgutni juda ko'p siqmang, qo`lingiz qoraymasligi kerak.
  3. Tibbiyot spirtiga botirilgan paxta yoki salfetka bilan inyeksiya qilinadigan joynining 3-5 sm atrofini tez va yaxshilab artib oling.
  4. Qopqoqni igna uchidan oling, va uni qanotlar sohasida ushlab turing.
  5. Mahkam musht qiling va ignani terining yuzasiga kichik burchak ostida shishgan venaga kirgizing. Agar igna tomir ichiga kirgan bo`lsa, kateter (shaffof shlang) qon bilan to'la boshlaydi, keyin tugmani bosing va jgutni chiqaring.

  6. Venopunksiya

  7. Sekin lekin to`gri eritmani tomir ichiga yuboring. Agar inyeksiya qo'lingizning kaft qismiga qilinayotgan bo'lsa, mushtingizni inyeksiya oxirigacha mahkam ushlang, agar inyeksiya tirsakning bukilish qismiga qilinsa, tomirga igna kirgandan keyin mushtingizni qo`yib yuboring.
  8. Shprits bo'shalgandan keyin, spirtga namlangan yana bir paxtani oling va prokol joyining to'g'ri igna uchi ustiga qo'ying. Barmog'ingizni ushbu paxta ustiga qo`yib, boshqa barmoqlaringiz bilan mahkam ushlab, venadan tezda chiqarib oling, va barmog'ingiz bilan paxtani bosib, igna va shpritslarni o'tkir narsalarga mo`ljallangan lotokka tashlang.
  9. Inyeksiya joyini bint bilan bog`lang.
  10. Barcha ishlatilgan narsalarni axlatga tashlang va ushbu inyeksiya haqida kundalikka yozuv kiriting.


Venopunksiya-2

Agar faktorni (omilni) yuborish paytida u inyeksiya joyida shish paydo bo`la boshlasa, igna tomirdan (chiqib ketgan) qochqan bo`lishi mumkin. Bunday holatda, siz dorini qabul qilishni davom ettirishingiz kerak emas, va darhol ignani chiqarib, inyeksiya joyini bint bilan bog'lang, ignani almashtiring va omilni (faktorni) boshqa tomir ichiga yuboring.


"Gemofiliya rasmlarda" – Butunjahon Gemofiliya Federatsiyasi broshyurasidagi rasmlardan foydalanilgan.