GEMOFILIYA
JAMIYATI    

   O'ZBEKISTON
RESPUBLIKASIDA

2012 yilda Toshkentda Jahon Gemofiliya Federatsiyasi hamkorligida O'zbekiston gemofiliya jamiyati va Butunrossiya gemofiliya jamiyatlari o'rtasida Twinning dasturini o'tkazish bo`yicha kelishuv imzolandi.


2012 yildan 2016 yilgacha qadar o`tkazilgan Twinning dasturi doirasida gemofiliya, fon Villebrand kasalligi va noyob koagulopatiya bilan kasallangan odamlarning hayotini yaxshilashga qaratilgan ko'plab tadbirlar amalga oshirildi. Tibbiyot xodimlari uchun seminarlar o'tkazilib, chet ellik homiylarning mablag'lari hisobidan noyob gematologik kasalliklarni tashxislash uchun zamonaviy uskunalar sotib olindi va davlat tibbiyot muassasalariga taqdim etildi.


Twinning dasturining asosiy natijasi shundan iboratki, respublika rahbariyati o'rtasida olib borilgan ma'rifiy ishlar tufayli O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi 2012 yildan boshlab gemofiliya kasalligini davolash uchun xavfsiz va yuqori samarali dori-darmonlarni sotib ola boshladi.


Twinnning dasturi haqida to`liqroq ma'lumotga ega bo'lishingiz uchun quyidagi Aleksandr Nenyukovning prezentatsiyasini tomosha qilishingiz mumkin.