GEMOFILIYA
JAMIYATI    

   O'ZBEKISTON
RESPUBLIKASIDA

Gemofiliya qon ketish muammosi bilan bog`liq kasallik. Gemofiliya bilan og'rigan bemorlarda qon ketish sog'lom insonlarga qaraganda tezroq sodir bo'lmaydi, ammo uzoqroq davom etishi mumkin. Bemorlarning qonida qon ivishi omili (faktori) yetarli darajada bo`lmaydi. Qon ivish omili (faktori) qonda qon ivishini ta'minlovchi oqsillarning mavjudligi bilan belgilanadi. Gemofiliya - bu kam uchraydigan tug'ma kasallikdir. Kasallik 10.000 odamdan 1 kishidan kam odamda uchraydi. Gemofiliyaning eng ko`p tarqalgan turi gemofiliya A hisoblanadi. Kasallikning ushbu turida odamda qon ivishining VIII (8) omili (faktori) tanqis bo`ladi. Kamroq tarqalgan turi esa – gemofiliya B. hisoblanadi, unda bemorlarda qon ivishining IX (9) omili (faktori) tanqis bo`ladi. Gemofiliya A va B turlari kechishi bir xil - bemorlarda qon ketish odatdagidan ko'proq davom etadi.


Odamlar qanday qilib gemofiliya kasalligiga duchor bo`ladi?

Gemofiliya - tug'ma kasallik. Odamlar ushbu kasallikni hech kimdan yuqtirib ololmaydilar, huddi shamollashdek. Gemofiliya odatda irsiy hisoblanib, ya'ni ota-onalarning genlari orqali o`tadi. Genlar bolaning o'sishi davrida tana hujayralarining rivojlanishi haqida ma'lumot olib yuradilar. Xususan, ular sochlar yoki ko'zlarning rangini aniqlaydilar. Ba'zida gemofiliya ushbu kasallik holatlari uchramagan oilalar a`zolarida ham uchrashi mumkin. Bunga tasodifiy gemofiliya deyiladi. Gemofiliya bilan og'rigan bemorlarning 30 foizi buni ota-onalarining genlari orqali qabul qilmaydi. Ularning kasalligi bemorning o'zi genlaridagi o'zgarishlar tufayli yuzaga keladi.


Gemofiliya qanday nasldan naslga o`tadi?

Agar otasi gemofiliya bilan kasallangan bo'lsa va onasi sog'lom bo'lsa, o'g'illaridan birortasi ham gemofiliya kasalligi bilan og`rimaydi. Genni tashuvchi – bu barcha qiz farzandlari hisoblanadi. Gemofiliya geniga ega ayollarga tashuvchilar deyiladi. Ularda gemofiliya alomatlari ko'rinishi mumkin va ular kasallikni o'z farzandlariga tashishi mumkin. O'g'illarining gemofiliya bilan kasallanishi va qizlarining gen tashuvchisi bo'lish ehtimoli 50%. Agar otasi kasal bo'lsa va onasi tashuvchisi bo'lsa, gemofiliya qiz bolada bo`lishi ham mumkin. Bunday holatlar juda kam uchraydi.


Gemofiliyaning nasldan naslga o`tishi
Gemofiliyaning nasldan naslga o`tishi

Kasallik og'irlik darajasiga ko`ra uchga bo`linadi. Kasallikning og'irligi bemorning ahvoli qanchalik jiddiyligini anglatadi. Kasallikning og'irligi bemorning qonida qon ivish omilining (faktorining) qanchalik tanqisligiga bog'liq. Normal odamning qonida VIII (8) yoki IX (9) qon ivish omillari (faktorlari) 50%-150% miqdorlarda bo`ladi.


Gemofiliyaning og'irlik darajalari
Gemofiliyaning og'irlik darajalari

Gemofiliya alomatlari qanday?

Gemofiliya A va B simptomlari bir xil:


  • keng ko`lamli ko'karishlar;
  • mushaklar va bo`g`imlar orasiga qon quyilishi, ayniqsa tizza, tirsak va to'piq bo`g`imlarida;
  • bir marotabali qon ketish (biron bir sababsiz to'satdan ichki qon ketish);
  • kesib olganda, tish olganda yoki operatsiyalardan keyin uzoq muddatli qon ketishi;
  • baxtsiz hodisadan keyin uzoq muddatli qon ketish, ayniqsa bosh jarohati paytida.

Mushak va bo`g`im orasiga qon quyilishi quyidagilarga olib keladi:


  • kuchli og'riq yoki "g'alati negativ tuyg'u";
  • og'riq va uyushishlar;
  • bo'g'imlar yoki mushaklar harakatchanligi buzilishi;
  • shishish.

Ko'pincha qon ketish holatlari qayerda bo'ladi?

Gemofiliya bilan og'rigan bemorlarda ichki va tashqi qon ketishi kuzatiladi.

Bitta bo'g'inga ko'p marta qon quyilishi ushbu bo`g`ininng shikastlanishga va og'riqli holatlariga olib keladi.

Qayta qon quyilishi boshqa kasalliklarga, masalan, artritga olib kelishi mumkin. Bu yurish yoki boshqa oddiy mashg'ulotlarni qiyinchilik bilan harakatlanishga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, gemofiliyada qo'llar odatda saqlanib qolinadi (artritning ba'zi turlaridan farqli o'laroq).


Alomatlar
Alomatlar

Gemofiliya bilan og'rigan bemorlar qanday davolanadi?

Hozirgi vaqtda gemofiliyani davolashda juda samarali usullar mavjud. Tanqis bo`lgan qon ivishi omili (faktori) qonga inyeksiya qilinadi. Zararlangan joyga yetarli miqdordagi qon ivish omili (faktori) yetganda, qon ketishi to'xtaydi.


Qon ketishni tezda davolang!


Tezkorlikdagi davolanish og'riqni va bo'g'inlar, mushaklar va organlarning shikastlanishini kamaytirishga yordam beradi. Zudlik bilan qonni to'xtatish paytida kamroq qon ivish omil (faktor) kerak bo'ladi.


Agar sog`lingizdan shubhalansangiz, davolaning!


Agar siz qon keta boshlaganini sezsangiz, bu haqda ishonchingiz komil bo'lmasa ham, davolang. Hech qachon bo`g`imlar shishini, shamollashini va og'riq paydo bo'lishini kutmang. Davolash "behuda" bo'lishi mumkin deb o'ylamang.


Gemofiliya uchun radikal davolash usuli hali ham mavjud emas, ammo davolanib turish bemorlar uchun sog'lom turmush tarzini olib borishga yordam beradi. Davolanishsiz gemofiliyaning og'ir turi bilan og'rigan bemorlarga maktabga yoki ish joyiga muntazam borishi chegaralanishi mumkin. Ular jismonan zaif bo'lib qolishlari, yurish yoki boshqa oddiy faoliyat bilan shug'ullanishlarida muammolar paydo bo`lishi yoki ular erta yoshda vafot etishlari mumkin.


Qachon davolanish lozim?

Davolanish quyidagi hollarda talab qilinadi:


  • Bo`g`im orasiga qon quyilganda;
  • mushak ichiga qon quyilganda, ayniqsa qo'l va oyoqlarda;
  • bo'yin, og'iz, til, yuz yoki ko'zlar yaralanganda;
  • boshning qattiq shikastlanishida va odatiy bo'lmagan bosh og'rig'ida;
  • tananing har qanday joyida ko`p yoki doimiy qon ketishida;
  • kuchli og'riq yoki biron bir joyning shishgan paytida;
  • tikilgan bo'lishi kerak bo'lgan har qanday ochiq yaralarda;
  • va qon ketishiga olib keladigan har qanday baxtsiz hodisadan keyin.

Davolanishdan oldin talab qilinadi:


    jarrohlik, shu jumladan stomatologik jarrohlik; qon ketishiga olib keladigan harakatlar.

Qachon davolanish muhim hisoblanmaydi?

Gemofiliya bilan og'rigan bolalarda ko'pincha kichik kesilish oqibatidagi yaralar bo'ladi, lekin odatda ular xavfli emas. Ammo tananing bosh qismidagi yaralar jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, shuning uchun ularni hamshira yoki gemofiliya sohasidagi mutaxassis shifokor ko'rib chiqishi shart.


Kichik kesilishlarda va tirnalishlarda sog'lom odamlardagidek vaqt davomida qon ketishi kuzatiladi. Odatda ular xavfli emas.


Ko'pincha chuqur yaralarda odatdagidan ko'proq vaqtda qon ketishi kuzatiladi. Qoidaga ko`ra, qonni jarohatni siqish orqali to'xtatish mumkin.


Agar burningizdan qon ketsa, burningizni besh daqiqa ushlab qisib tursangiz qon odatda to'xtatishi mumkin. Agar qon ketishi kuchli uzluksiz bo`lsa shifokorga murojaat qiling.


Gemofiliya bilan og'rigan bemorlar uchun eslatmalar:

  1. Qon ketishni tezda davolang!
  2. Qon ketishini tezda to'xtatish bilan og'riq kamayadi, bo'g'inlar, mushaklar va organlarga kamroq zarar yetkaziladi. Bundan tashqari, qon ketishini to'xtatish uchun qisqa muddatli davolanish talab etiladi.
  3. Yaxshi jismoniy formada bo`lib yuring.
  4. Kuchli mushaklaringiz sizni bir marotabali qon ketishidan (biron bir sababsiz) va bo`g`imlardagi muammolardan himoya qiladi. Xar doim shifokoringizdan qaysi sport va mashqlar siz uchun to`g`ri kelishini so'rab turing.
  5. Aspirin qabul qilmang.
  6. Aspirin (atsetilsalitsil kislotasi) qon ketishiga olib kelishi mumkin. Ba'zi boshqa dorilar ham qon ivishiga ta'sir qilishi mumkin. Doim shifokoringizdan qaysi dori sizga zarar bermasligini so'rang.
  7. Sizni davolovchi shifokoringiz yoki hamshirangiz bilan muntazam ravishda bog'laning.
  8. Klinika yoki gemofiliya markazi sizga yordam beradi va sog'lig'ingizni saqlash bo`yicha maslahatlar berib boradi.
  9. Mushak orasiga qilinadigan inyeksiyalarda saqlaning.
  10. Gemofiliya bilan og'rigan bemorlar uchun boshqa kasalliklarni oldini oladigan inyeksiyalar zararli emas. Ammo ignani mushak orasiga kiritish og'riqli qon ketishiga olib kelishi mumkin.
  11. Gemofiliya bilan og'rigan bemorlarga emlash xavfli emas. Boshqa ko'plab dorilarni (tabletka) yutishi yoki mushak orasiga emas, balki tomir ichiga yuborish lozim.
  12. Tishlaringizni asrang.
  13. Tishlarni olib tashlash qon ketishiga olib keladi. Muammolarni oldini olish uchun tishlarni muntazam ravishda yuving va tish shifokoringizning maslahatlariga rioya qiling.
  14. O'zingiz bilan gemofiliya bilan og'rigan bemor pasportini olib boring.
  15. Har doim o`zingiz bilan gemofiliya pasportini (gemofiliya bemorining kasalligi haqidagi ma'lumotlari bor pasport) olib yuring, shunda baxtsiz hodisa yuz berganida odamlar bu haqda osongina bilib olishadi va sizga kerakli yordamni ko'rsatishadi.
  16. Birinchi yordam ko'rsatish bo'yicha asosiy ko'nikmalarga ega bo'ling. Qon ketishni to'xtatish uchun ulardan foydalaning.
  17. Esda tuting, mayda kesib olishlar, tirnalishlar va ko'karishlar odatda xavfli emas. Qoidaga ko`ra, ular davolanishga muhtoj emas. Birinchi yordam ko`rsatishni o`zi yetarli.

Butunjahon Gemofiliya Federatsiyasi tomonidan 2004 yilda nashr etilgan.