GEMOFILIYA
JAMIYATI    

   O'ZBEKISTON
RESPUBLIKASIDA

2019 yilning 3-6 oktyabr kunlari Shimoliy Makedoniya poytaxti Skopye shahrida Yevropa gemofiliya konsorsiumining (EHC) Kongressi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda O'zbekiston gemofiliya jamiyati rahbari - Liliya Zinikova ishtirok etdi.


Shuni ta`kidlash joizki, joriy yilning yozida jamiyatimiz tashabbusi bilan O`zbekiston gemofiliya jamiyatini Yevropa konsorsiumiga qabul qilish bo`yicha murojaat qilingan edi. Ushbu kongress davomida ushbu masala bo'yicha ovoz berildi va ko'pchilik ovoz bilan O'zbekiston gemofiliya jamiyati Yevropa Konsorsiumiga qabul qilindi.


Jamiyatning barcha a'zolarini uning rivojlanishida yangi yo'nalish boshlanishi bilan tabriklaymiz!